01 jan 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Sergey Bogachuk: "Men bu vazndagi eng kuchlisi ekanimni isbotlamoqchiman"
Super yarimo'rta vazn toifasidagi ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk (25-2, 24 KO) so'nggi jangi haqida gapirdi.
U 2024 yilning 21 dekabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o'tkazilgan boks oqshomi doirasida angliyalik Ishmael Devisdan ustun kelgandi.
"Usik-Fyuri 2 kardida jang qilganimdan juda xursand bo'ldim. Men super yarimo'rta vazn toifasida eng yaxshisi ekanligimni isbotlamoqchiman, bu nokaut maqsadim sari yana bir qadamdir.
Men ringda vatanimni himoya qilganimdan, shuningdek, Usik ham o'z jangida g'alaba qozonib, og'ir vaznda jahon chempioni bo'lib qolganidan xursand bo'ldim. Turki al ash-SHeyxdan bunday imkoniyat uchun juda minnatdorman", dedi Bogachuk.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar