10 dek 16:23
Yangiliklar
Sergey Fomin Antaliya turnirida finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi birinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi, niderlandiyalik Maks Xuksni 6/4, 5/7, 6/1, 1/8 finalda argentinalik Lucho Karnevalleni 6/2, 6/1, 1/4 final esa rossiyalik Denis Klokni 7/5, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fomin biroz avval yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida rossiyalik yana bir tennischi Evgeniy Tyurnevni ortiqcha qiyinchilik taslim etdi - 6/2, 6/3. Bugunning o'zida hamyurtimiz musobaqa bosh sovrini uchun kortga chiqadi. Uning finaldagi raqibi qozog'istonlik Dmitriy Popko bo'ladi. Popko yarim finalda reytingda o'zidan roppa-rosa 100 pog'ona yuqorida borayotgan britaniyalik Jey Klarkdan 6/4, 6/1 hisobida ustun keldi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 728, Xuks 355, Karnevalle 1120, Klok 564, Popko esa 504-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar