14 iyu 09:59
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Padova turnirining 1/4 finalida o'ynaydi
Italiyaning Padova shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Turnirda 8-raqam ostida tasniflangan tennischimiz musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan 1/8 final uchrashuvida italiyalik Luka Jiakominiga qarshi kortga chiqib, raqibini 6/2, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun Fomin 1/2 final chiptasi uchun franciyalik Klement Taburga qarshi bahs olib boradi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin dunyo reytingida 561, Jiakomini 756, Tabur esa 334-o'rinni egallab turibdi. Fomin - Tabur uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 18:00dan keyin boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar