30 apr 09:37
Yangiliklar
Sexudo Carukyanni troll qildi: "Styuardessadan ham tezroq olib chiqib tashlayman"
Amerikalik uchtalik chempion Arman bilan kurash gilamini bo'lishish istagi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.
"Arman, sen chellenjlarda 10 dollardan pul topadigan yigit bilan kurashding, endi esa qayoqdagi Kolbi Kovingtonni xohlayapsan. Men seni samolyotdan olib chiqib tashlagan styuardessadan-da tezroq olib chiqib tashlayman", - deb yozdi Sexudo.
SHu yilda Arman Carukyan RAF ligasi bayrog'i ostida to'rtta bellashuv o'tkazib, Lens Palmer, ikki marta Jorjio Pullas va Yurayya Fayberni mag'lubiyatga uchratgandi. Kuni kecha uning ishtirokidagi beshinchi bahs rasman elon qilindi, unda rossiyalik 30 may kuni Dallasdagi RAF 9 turnirida amerikalik inflyuenser Kilon "Magzi" Jimison bilan to'qnash keladi.

Fikrlar