20 may 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudoning oktagonga qaytishi tezlashib ketadigan ko'rinadi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo kutilganidan ham ertaroq oktagonga qaytmoqchi.
Uchtalik chempion yozning so'nggi oyida faoliyatini qayta tiklamoqchi. Bu haqda MMA Media xabar berdi. Manba xabariga ko'ra, Sexudo eng engil vazn toifasi kamarini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Agar bu rejasi amalga oshsa, keyingi nishon yarim engil vazn UFC kamari bo'ladi.
Genri bu ikki vazifani sharaf bilan uddalasa, uchta vazn toifasida UFC chempionligini qo'lga kiritgan tarixdagi birinchi jangchiga aylanadi. Sexudo so'nggi jangini 2020 yilning 9 may kuni Dominik Kruzga qarshi o'tkazib, raqibini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar