22 noy 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahobiddin Zoirov 1 mln dollarlik jangda mag'lub bo'lgan raqibiga qarshi yana ringga chiqadi + (To'liq kard)
12 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida joylashgan Dubai Duty Free Tennis Stadium majmuasida boks bo'yicha IBA.Pro 13 musobaqasi o'tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahobiddin Zoirov ham ringga ko'tariladi. Unga eski tanishi, Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qiladi.
Jang eng engil vazn toifasida IBA Pro kamari uchun o'tkaziladi.
Eslatib o'tish joiz, Zoirov 2024 yil dekabrida aynan Finolga qarshi jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. IBA rahbari mazkur jangning 5-raundigacha nokaut orqali g'olib bo'lgan bokschi 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo'lishini aytgandi. Ammo o'shanda bu bonus hech bir bokschiga nasib etmagandi.
Oqshomning aktual kardi quyidagicha:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar