So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

13 dek 09:27
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov ringga chiqqan turnirning asosiy jangida nokaut qayd etildi

BAAning Dubay shahrida IBA Jahon chempionati doirasida IBA.PRO 13 professional boks turniri tashkil etildi.

Xabar berganimizdek, ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishdi. Madiyar Saidrahimov sakkiz raund to'liq davom etgan jangda rossiyalik David Dzukaevni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov esa IBA.PRO kamari uchun kechgan jangda Venesuela vakili Yoel Finolga hakamlarning ayri qarori bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Turnirning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida WBA Regular kamari uchun kechdi. Unda birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, rossiyalik Murat Gassiev superog'ir vaznda ushbu kamarning sobiq sohibi, bolgariyalik tajribali Kubrat Pulevga qarshi ringga ko'tarildi.

Dastlabki raundlar ikki tomon ham tavakkal qilmadi. Oltinchi raundda esa Gassiev Pulevni chap qo'l apperkot zarbasi bilan nokautga uchratdi. Murat Gassiev WBA Regular kamarini qo'lga kiritdi. Ushbu yo'nalishning to'laqonli chempioni ukrainalik Aleksandr Usik hisoblanadi.

Malumot uchun, 32 yoshli Murat Gassiev 7 yil oldin birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan edi. Uning hisobida 33 g'alaba (26 tasi nokaut) va 2 ta mag'lubiyat bor. Yana bitta jang o'tkazilmagan deb topilgandi. Kubrat Pulev esa kecha tunda to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 32 g'alaba (14 tasi nokaut) bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing