28 mar 14:10
Yangiliklar

SHahram G'iyosov 12 aprel kuni kim bilan jang qilishi malum. Bu hamyurtimiz uchun chempionlik bahsidan oldingi imtihon bo'ladi (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, SHahram "Wonderboy" G'iyosov 12 aprel kuni Nyu-Jersida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. Unga oldinroq aytilganidek meksikalik bokschi emas, Argentina vakili Franko Maksimiliano Okampo raqib bo'ladi.
SHahram faoliyati davomida 16 ta prof jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan bo'lsa, Okampo hisobida 17 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.
Atlantik Siti shahrida tashkil etiladigan boks turnirining markaziy jangi yarim o'rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o'rtasida kechadi. SHahram esa bo'lajak jangida g'alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanionis bahsi g'olibiga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, mart oyi avvalida 31 yoshli bokschimizning farzandi bu yorug' olamni tark etgandi.
Fikrlar