13 apr 06:02
Yangiliklar

SHahram G'iyosov jangdan keyingi intervyuda ko'z yoshlarini tiya olmadi (VIDEO)
Argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi kechgan jangda bokschimiz 4-raundda texnik nokaut evaziga g'alabaga erishdi.
Jangdan so'ng SHahram o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz jamoa bilan birgalikda ushbu jangga tayyorlandik, nokaut uchun ko'p kombinaciyalar ustida ishladik. Va buni uddaladik.
Men uchun tayyorgarlik jarayoni qiyin bo'ldi. CHunki men qizimni yo'qotdim. U meni ko'rib turib, duo qilib turgandi. Men uni sog'inyapman.
Uni juda yaxshi ko'rardim. Bu g'alabani qizimning xotirasiga bag'ishlayman. Unga jahon chempioni bo'lishni vada qilgandim. Keyingi jangimda chempionlik uchun jang qilmoqchiman.
Menga imkon berishsa, buni uddalayman", - deya ko'z yoshlarini tiya olmadi SHahram G'iyosov.
Fikrlar