05 apr 15:14
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov - Jek Ketterol chempionlik jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi + FOTO
23 may kuni Misrning Giza shahrida The Ring va DAZN hamkorligida professional boks bo'yicha Glory in Giza turniri o'tkaziladi.
Oqshomning asosiy kardida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov Buyuk Britaniya vakili Jek Ketterollga qarshi WBA Regular chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Tashkilotchilar mazkur titul bahsi uchun rasmiy posterni namoyish etishdi.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov ham, Jek Ketterol ham 32 yoshda. Britaniyalik bokschi o'tgan yili ikkita g'alaba bilan yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarildi va hozirda WBA reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi. SHahram esa birinchi pog'onadan joy olgan.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar