06 apr 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov Kristian Gomes bilan jang oldidan fikrlarini bildirdi
CHarm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov yangi vazndagi ilk jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Xabar berganimizdek, shu kungacha super engil vazn toifasida ringga chiqib kelgan SHahram G'iyosov 7 may oqshomida yarim o'rta vazn toifasida debyut qiladi. G'iyosov meksikalik Kristian Gomes bilan jangi oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bivol - Kanelo oqshomida jang qilishdan faxrlanaman. Men uchun Kanelo ham, Bivol ham afsonaviy chempionlar, lekin Bivolning g'alabasiga ishonaman. Biz bir jamoadamiz va mashg'ulotlarni birgalikda olib boramiz.
Yarim o'rta vazndagi dastlabki jangim hayotimdagi yangi sahifa bo'ladi va umid qilamanki, barcha muxlislar uchun o'zimni eng yaxshi darajamni ko'rsataman", - dedi SHahram.
- - - - -
Havola :
Manba : BOXINGSCENE
Fikrlar