10 mar 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov: "Men jang qilishga tayyorman, lekin u tayyor emas!"
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosov amaldagi chempion Rolando Romero haqida gapirdi.
"Men o'z imkoniyatimni kutyapman. Mana deyarli uch yildan beri majburiy davogarman, lekin u hali ham rozi bo'lgani yo'q.
O'ylaymanki, bu shunchaki vaqt masalasi. Men albatta o'z imkoniyatimga ega bo'laman. Hammasi qanday bo'lishi kerak bo'lsa, shunday bo'ladi. Hammasi Allohning rejasi bo'yicha ketmoqda. Men hech narsadan qo'rqmayman.
Men jang qilishga tayyorman, lekin u tayyor emas. U shunchaki mendan qochib yuribdi, xolos. Oxir-oqibat u men bilan jang qilishga rozi bo'ladi va qo'rqoqlik qilmaydi, deb umid qilaman. Rolando Romero bilan jang belgilanishi zahoti ringga qaytaman", dedi G'iyosov.
Havola :
Manba : World Boxing News
Fikrlar