22 fev 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov navbatdagi jang sanasi va manzilini elon qildi
Yarimo'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlarni ochiqladi.
Hamyurtimiz 12 aprel kuni Nyu-Jersida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. O'sha kuni unga meksikalik bokschi raqib bo'ladi. SHahram bu haqda "Sport TV" telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
G'iyosov Atlantik Sitida tashkil etiladigan boks turnirida ringga chiqadi. Uning markaziy jangi yarimo'rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o'rtasida kechadi.
SHahram esa bo'lajak jangida g'alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanionis bahsi g'olibiga qarshi o'tkazadi. G'iyosov saytimizga bergan katta intervyusida bu haqda aytgan edi.
Bu o'sha intervyu:
https://www.youtube.com/watch?v=9FXS52WU6So&t=3134s
Havola :
Manba : UzSportTV
Fikrlar