So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

13 may 12:31
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

SHahram G'iyosov qatnashgan yurish marafoniga viloyat hokimi boshchilik qildi FOTOGALEREYA

Kecha Buxoro shahrida “Men sog'lom turmush tarafdoriman” shiori ostida yurish bo'yicha marafon va “Buxoro” sport majmuasida ommaviy badantarbiya o'tkazildi.

Ushbu ikki tadbir Buxoro viloyat hokimligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining o'tgan yilning 18 dekabridagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash hamda aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish maqsadida tashkil etildi. 

Marafonni viloyat hokimi O'ktam Barnoev boshqarib bordi.

SHu kuni ertalab viloyat hokimi o'rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilot mutasaddilari va xodimlari, taniqli estrada xonandalari va kino aktyorlari, talabalar, umuman olganda, sog'lom turmush tarzini salomatlik asosi deb bilgan hamyurtlarimiz Buxoro neft va gaz sanoati kolleji yonida jam bo'lishdi. 

Tadbirda boks bo'yicha jahon chempioni SHahram G'iyosovning ishtirok etgani sport bilan shug'ullanish barcha uchun ahamiyatli ekanligini isbotladi. O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan yosh kartingchilarning ham ishtiroki taminlandi.

O'n ming nafarga yaqin marafon qatnashchilari Buxoro neft va gaz sanoati kollejidan “Buxoro” sport majmuasiga bo'lgan masofani bosib o'tishdi. Majmuada esa badantarbiya mashqlari o'tkazildi. Tadbirda so'z olgan viloyat hokimi O'ktam Barnoev sog'lom turmush tarzining ahamiyati xususida so'z yuritar ekan, endilikda bu kabi tadbirlarni keng qamrovda va doimiy tarzda  ravishda o'tkazib turilishini takidladi.

Sog'lom turmush tarzining muhim shartlaridan biri bo'lgan yurish va badantarbiya targ'ibotiga hissa qo'shish, bu borada aholi qiziqishini oshirishda barchani faollikka chorladi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining malumotiga ko'ra, inson salomatligi 55 foiz holatda sog'lom turmush tarziga, 20 foizi yashayotgan ekologik muhitiga, 15 foizi irsiy omillarga, bor yo'g'i 10 foizi tibbiyotga bog'liq ekan. Demak, sog'lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan xoli, chiroyli va baxtli yashash omilidir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing