12 apr 12:07
Yangiliklar

SHahram G'iyosov raqibidan deyarli 2 kg engilroq tosh bosdi, Eymantas esa Ennisdan!
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida yarimo'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov (16-0, 9 KO) argentinalik Franko Maksimiliano Okampo (17-2, 8 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun tongda bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. 31 yoshli G'iyosov 67,6 kg, 28 yashar Okampo esa 69,4 kg tosh bosdi. SHahram raqibidan deyarli 2 kg engilroq ekani oydinlashdi. Aynan shu jang asosiy kardni ochib beradi.
Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vaznda IBF chempioni Jeyron Ennis hamda WBA kamari sohibi Eymantas Stanionis o'rtasida kechadi. Har ikki chempion ham bir belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Amerikalik 27 yoshli Jeyron Ennis 66,4 kg, litvalik bokschi esa 66,6 kg vazn qayd etdi. Ushbu jang g'olibi vakant bo'lib turgan The Ring chempionlik kamarini ham qo'lga kiritadi.
Ennis - Stanionis jangi biz uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Boisi, SHahram G'iyosov o'z jangida g'alaba qozongan taqdirda, ikki chempion o'rtasidagi to'qnashuv g'olibiga qarshi ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi. Hamyurtimiz aynan shu shart bilan bu jangning o'tkazilishiga rozilik bergan.
Fikrlar