31 iyu 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov va raqibi vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang (Barcha tafsilotlar)
Yarim o'rta vazn toifasida WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turgan o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov (15-0) va uning bo'lajak raqibi, meksikalik Migel Parra (22-4-1) vazn o'lchash marosimidan o'tdi.
31 yoshli hamyurtimiz vazn o'lchash tadbirida 67,77 kg tosh bosgan bo'lsa, Migel Parra 67,59 kg vazn ko'rsatdi.
Ularning jangi ertaga tongda Santa-Monika shaharchasida tashkil etiladi. Dastlab, 4 avgust tongida bo'lib o'tadigan prof boks oqshomida ishtirok etadigan bokschilar, jumladan, Isroil Madrimov va Terens Krouford ishtirokida ochiq mashg'ulotlar o'tkaziladi. So'ngra, janglar tashkil etiladi.
Malumot uchun, ochiq mashg'ulotlar Toshkent vaqti bilan 1 avgust kuni 2:00 da, G'iyosov ringga chiqadigan oqshom esa 4:00 da start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar