07 jan 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosovning menejeri Rolando Romero bilan chempionlik jangi atrofidagi vaziyat haqida gapirdi
Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosov kamar sohibi Rolando Romero bilan jang qilishi kerak.
Biroq ikki bokschining jamoasi jangni tashkil etish bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti. Bu holatda promouterlik kompaniyalari o'rtasida kimoshdi savdosi o'tkazilishi kerak bo'ladi.
"Biz kimoshdi savdosi bo'lishini intiqlik bilan kutyapmiz, chunki bu jarayon haddan tashqari cho'zilib ketdi", deya vaziyatga munosabat bildirgan G'iyosovning menejeri Kornilov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar