13 apr 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning navbatdagi raqibi aniq: Jaron Ennis Staniosisni nokautga uchratdi
AQSHning Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomi o'z yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida ikki yo'nalish chempionlari - IBF kamari egasi, amerikalik Jaron Ennis va WBA yo'nalishi chempioni, litvalik Eymantas Staniosis o'zaro to'qnash kelishdi.
12 raundlik jang 6-raundda Ennisning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi va ikkita kamarni o'zida birlashtirdi.
Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz SHahram G'iyosov WBA yo'nalishi bo'yicha davogar hisoblanadi. Endi Jaron Ennis o'z kamarlarini himoya qilish uchun SHahramga qarshi jang qilishi lozim.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar