06 dek 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahzod Muzaffarov ishonchli g'alabaga erishib, Osiyo chempionati yarim finaliga yo'l oldi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom etmoqda.
Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHahzod Muzaffarov bugun chorak final bahsida ringga ko'tarildi.
Bu bosqichda hamyurtimizga qirg'izistonlik Islam Torabaev raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda SHahzod 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
Endi bokschimiz 8 dekabr kuni yarim final jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar