29 may 18:39
Yangiliklar
Dzyudo

SHahzodbek Sobirovni tabriklaymiz!
Bugun Xorazm dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi SHahzodbek Sobirov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
SHahzodbek Sobirov 1993 yilning 29 may kuni Xorazm viloyatining SHovot tumanida tavallud topgan. Birinchi murabbiyi Jamshid Xudoyberganov. Dzyudodagi faoliyati davomida -81, -90 kg vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qilgan.
2015 yilgi Parij "Katta Dubulg'a" turniri g'olibligini qo'lga kiritgan. 2014 yilda Toshkent, 2017 yili esa Tbilisi Gran-prisida bronza medaliga sazovor bo'lgan. Jamoaviy bahslarda Osiyo chempionatining oltin medaliga ega chiqqan.
Fursatdan foydalanib, murabbiylik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan SHahzodbek Sobirovni bugungi unutilmas kuni bilan muborakbod etamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar