11 iyu 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA
SHakur Lomachenkoni jangga chorladi, ukrainalik esa javobni uzoq kuttirmadi
Ikki vazn toifasida jahon chempioni amerikalik SHakur Stivenson ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali sobiq jahon chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga murojaat qildi.
"Salom Vasiliy, senga hurmatim baland, chempion. Sen kamarlarga loyiqsan! Umid qilamanki, tuzalib qolding va yaxshi formadasan. Yuqori toifadagi shaxmat o'yinining vaqti keldi deb o'ylayman. Katta chempionlik jangiga tayyorman",- dedi SHakur.
Rahmat, SHakur! Men yaxshiman! Kechirasan, lekin Devin Xeyni bilan tugallanmagan ishim bor", - deya javob berdi Lomachenko bu chorlovga.
May oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Lomachenko amerikalik Devin Xeyniga hakamlarning bahsli qarori tufayli mag'lub bo'lgandi. Stivenson esa aprel oyida yaponiyalik SHuichiro Yoshinoni ustidan g'alaba qozonib, engil vazn toifasida debyut qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar