01 fev 16:17
Yangiliklar
SHakur Stivenson - Teofimo Lopes chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi
Oqshom doirasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan engil vaznda WBC chempioni, amerikalik 28 yoshli SHakur Stivenson birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni Teofimo Lopesga qarshi ringga ko'tarildi. Uzoq kutilgan chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi va unda SHakur hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, to'rtinchi vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
Aksariyat mutaxassislar raqobatli jang bo'lishini kutishgandi, ammo Stivenson jangda darhol ustunlikni qo'lga kiritdi. U ikki vaznda 28 yoshli jahon chempioni Lopesga imkoniyat qoldirmadi. Yakunda SHakur Stivenson hakamlarning uchchala kartochka bo'yicha 119-109 hisobidagi g'alabasi bilan zafar quchdi. Bu bilan u shubhasiz, dunyoning eng yaxshi bokschilari (P4P) reytingidagi o'rnini yaxshilab oladi.

Fikrlar