03 avg 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
SHakur Stivenson Xeyni vakant qoldirgan WBC kamari uchun jang qiladi
Butunjahon boks kengashi (WBC) engil vazn toifasida chempionlik jangi bo'yicha buyruq berdi.
Eslatib o'tamiz, amaldagi chempion amerikalik Devin Xeyni birinchi yarim o'rta vaznga ko'tarilib, hamyurti Rejis Progreysga qarshi jang qilishga qaror qilgani malum bo'lgan edi.
Xeynining qaroriga uning majburiy raqibi amerikalik SHakur Stivenson salbiy munosabatda bo'ldi va u chempionlik jangining kechikishiga qarshi chiqdi.
WBC qaroriga ko'ra, Xeyni "tatildagi chempion" deb elon qilinadi, bu esa unga xohlasa chempionlik uchun navbatdan tashqari jang qilish huquqini beradi. Stivenson vakant kamar uchun tashkilot reytingida eng yuqori o'rinni egallagan jangchi (ayni paytda) Vasiliy Lomachenko bilan kurashadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar