13 iyu 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

SHakur Stivensonning Uilyam Sepedaga qarshi jangi to'liq davom etdi
Biroz avval AQSHning Nyu-York shahrida Turki Al ash-SHeyx tomonidan tashkil etilgan katta prof boks oqshomi yakunlandi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazildi va unda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustalari o'zaro to'qnash kelishdi. Amerikalik WBC chempioni SHakur Stivenson meksikalik vaqtinchalik kamar sohibi Uilyam Sepedaga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangida SHakur Stivenson majburiy davogar hisoblangan Sepedani hakamlarning yakdil qarori bilan 118-110, 118-110, 119-109 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi hamda WBC chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Darvoqe, SHakur Stivensonga Uilyam Sepedaga qarshi kechgan jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun aynan Botir Ahmedov yordam bergan edi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar