So’nggi yangiliklar

19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0

16 okt 08:47
Yangiliklar

Tennis

SHanxay "Masters" bosh sovrini Polshaga ketdi

Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir Xubert Gurkachning g'alabasi bilan yakunlandi.

ATP reytnigida 17-pog'onada borayotgan polshalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ettinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyovni 6/3, 3/6, 7/6(8) hisoblarida mag'lub etishni uddaladi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Xubert foydasiga o'zgardi - 3:2. 

Etiborlisi, Gurkach hal qiluvchi uchinchi setning tay-brekida avvaliga 2:5, keyin match-boll holatdagi 5:6 hisobidan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 13, Gurkach 21 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar soni ham bir xil bo'ldi - 1 tadan. 

Polshalik tennischi faoliyatida ikkinchi bor "Masters" turnirida chempion bo'ldi. U 2021 yilgi Mayami "Masters" turnirida ham bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. Umumiy hisobda bu uning faoliyatidagi ettinchi ATP sovringa aylandi. 

SHanxaydagi bir haftalik mehnat Gurkachga 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 262 ming 220 AQSH dollari mukofot puli keltirdi. Rublyov esa 600 ochko va 662,360 dollar ishlab oldi. Xubert bugun elon qilinadigan haftalik reytingda 11-o'ringa ko'tarilib oladi. Finaldagi mag'lubiyatga qaramay, Rublyov 5-o'ringa joylashadi. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori reyting o'rni hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing