05 sen 10:44
Yangiliklar
SHara Bullet "rus mujik"lari uchun qasos olishga vada berdi
SHara Bullet 21 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 294 turnirida braziliyalik Bruno Silvaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Silva faoliyati davomida Aleksandr SHlemenko va Artyom Frolovni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. SHara bo'lajak jangda qasos olishga vada berdi.
"Mening qarorimni SHlemenko va Frolov qanday qabul qilishadi, bunisi menga qorong'u. Lekin men ularni qo'llab-quvvatlashga kelgan oddiy rus "mujik"lari uchun qasos olaman. Ularga g'alabali onlarni taqdim etaman. O'sha sodda rus yigitlari UFC bilan shartnoma imzolasam, ertalab men uchun uyg'onishlarini aytishgandi. Men UFC jangchisiman. Endi meni ruhlantirgan insonlar uchun jang qilaman. Men "o'qman", shuni unutmang", - dedi Bullet.
Fikrlar