So’nggi yangiliklar

18:00Тарихда илк бор UFC турниридаги барча жанглар нокаут билан якунланди 0 17:03"UzChess Cup" - Муҳиддин Мадаминов чемпион! 0 16:55ЖЧда 1-тур якунланмасдан илк истеъфо содир бўлди 0 16:29Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти истеъфога чиқди, унинг ўрнига ҳамюртимиз ташкилотни бошқаради 0 16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

19 jan 15:28
Yangiliklar

Boks/MMA

SHarhlovchi Davron Fayziev Konor - Serrone jangi haqida: "Konor "o'qlanib" chiqibdi"

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev bugun o'tkazilgan MakGregor - Serrone jangi haqida o'z telegram kanali orqali fikr bildirdi.

"40 sekund xronologiyasi. 

Avval aytganimdek Serrone jangni kechki raundlarga cho'zishi kerak edi. SHu sababli u passiv boshladi. Konorning boshlang'ich shturmi paytda, yani sel yoki do'l yoqqanda panaga o'tib kutib turish edi uning vazifasi. Faqat bir muammo chiqib qoldi. MakGregor 3 yil g'alabasiz yashagach qattiq “o'qlanib” chiqibdi. Sel va do'l emas, asteroid atmosferaga yorib kirgandek Serronening himoya zonasiga uchib bordi. 

Hatto Aldoga qarshi 13 sekundli g'alabada ham Konor bunchalik shiddat bilan start olmagandi. Aksincha, Aldoni kontr xujumda ushlagan. 

Bu erda esa darhol start, birinchi kross, tegmadi. Keyin klinch, elkada xujum, uchta zarba va Kovboy talofat oldi. Burni sindi, masofaga qochdi. O'zining sevimli o'ng oyoq xaykikini ijro etdi. Konor blokladi. Ketidan Konordan chap xaykik oyoq bilan Kovboyning chag'iga aniq. Ana o'sha payt Serrone suzishni boshladi. Uyog'iga Konor odatda g'alabani chiqarmaydi. Kovboy passiv himoyada edi. MakGregor esa bosh qismiga bittama bitta zarbalarini mixdek qoqib chiqdi. Referi Xyorb Din ozgina vaqt berdi Serronega, lekin foydasiz ekanligini tushundi. 

Konor MakGregor 77 kgda g'alaba qozondi. Agar bu vaznda qolsa BMF kamari uchun Masvidal bilan, yoki asosiy chempionlik uchun Usman bilan jang qilishi mumkin. Engil toifaga qaytsa u erda Habib quchoq ochib kutib oladi, faqat u quchoqdan sog' holatda chiqish muammoligini biladi. Ko'ramiz, kuzatamiz", - deya jang haqida izoh qoldirdi Davron Fayziev. 

Reyting:    

Fikrlar

   
19 jan 16:53:58
CHELSEA2211
Yaxshi fikr bildiribdi...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing