01 sen 16:10
Yangiliklar
Engil atletika
SHarifa Davronova ikki karra Jahon chempioniga aylandi
Peruning Lima shahrida engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz SHarifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida g'alaba qozonib, dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Davronova musobaqada 13.75 metr natija qayd etdi. Eslatib o'tamiz, u 2 yil muqaddam Kolumbiyadagi U-20 jahon chempionatida ham oltin medal sohibi bo'lgan edi.
SHuningdek, balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borgan Barnoxon Sayfullaeva 1.84 metrga sakrab, shaxsiy rekordini takrorladi. Afsuski, bu Sayfullaevaga sovrinli o'rinlarga ko'tarilish uchun kamlik qildi va u musobaqani 6-o'rinda yakunladi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar