26 jan 18:15
Yangiliklar
Engil atletika

SHarifa Davronova va Amir Nagaev oltin darajadagi turnirda shohsupaga ko'tarildi
Qozog'istonning Astana shahrida engil atletika bo'yicha nufuzli musobaqa bo'lib o'tdi.
Butunjahon engil atletika federaciyasining taqvimidan o'rin olgan oltin darajadagi turnirda 40 mamlakatdan 110 nafar sportchi qatnashdi. Yopiq arenda tashkil etilgan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egallashdi.
Uch xatlab sakrash dasturida SHarifa Davronova kumush medalga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz turnirda 13,90 metr natija ko'rsatishga erishdi. SHuningdek, balandlikka sakrash sektorida omadini sinab ko'rgan Amir Nagaev 2,10 metr bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar