14 mar 10:40
Yangiliklar
SHarifa Davronova yopiq inshootdagi Jahon CHempionatiga yo'llanma oldi
Ayollar o'rtasida uch hatlab sakrash turida Jahon birinchiligi ishtirokchilaridan 9 nafari 14.15 metr saralash normativini bajarish orqali, 8 nafari eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan atletlardan va 1 nafari universallik kvotasi bo'yicha yo'llanmaga ega bo'ldi.
Hamyurtimiz SHarifa Davronova 14.05 metr natija bilan yuqori ko'rsatkich bo'yicha saralanganlar qatorida umumiy ro'yxatda o'ninchi bo'lib saralandi. Eslatib o'tamiz, iqtidorli atletimiz joriy yilning 7 fevral sanasida Xitoyning Tianjin shahrida yopiq inshootda 14.05 metrlik ko'rsatkich bilan Osiyo CHempioni unvonini qo'lga kiritgan edi.
Musobaqa dasturiga binoan, ayollar o'rtasida uch hatlab sakrash bahslari final bosqichi 21 mart kuni o'tkaziladi.

Fikrlar