31 mar 15:38
Yangiliklar
Sport kurashlari

SHarmandali natija! Erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz Osiyo chempionatini medalsiz yakunladi
Kecha Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqaning so'nggi ikki kunligida erkin kurash bo'yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan Musa Saydulbatalov ishtirokidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqada birorta ham medal qo'lga kirita olmadi. UWW_UZB kanaliga ko'ra, bu erkin kurash bo'yicha termamizning Osiyo chempionati tarixidagi eng yomon natijasi bo'ldi.
Turnir doirasida erkin kurashchilarimizdan SHerzod Poyonov, Fazliddin Nasritdinov hamda Umidjon Jalolov bronza medali uchun kurashib, mag'lub bo'lishdi.
Malumot o'rnida, Osiyo chempionatida yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, ayol kurashchilarimiz esa 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar