27 iyu 11:22
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
SHarofiddin Boltaboev bronza uchun kurashni davom ettiradi
Dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final uchrashuvini o'tkazdi.
Afsuski. -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan qoraqalpoq o'g'loni asli gruziyalik, hozirda Avstriya nomidan tatamiga chiqayotgan SHamil Borchashviliga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi SHarofiddin bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida gruziyalik Tato Grigalashviliga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 13:30dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar