So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

22 avg 19:12
Yangiliklar

Dzyudo

SHarofiddin Lutfullaev: "Jahon chempionatiga ortiqcha tarif shart emas"

Dzyudo bo'yicha yilning eng nufuzli musobaqasi - jahon chempionati boshlanishiga ham ikki kun qoldi.

Dunyo birinchiligi uchun 5 ta qitaning 149 davlatidan jami 860 nafar (519 erkak, 341 ayol) dzyudochi ro'yxatdan o'tgan. Ular qatorida 11 nafar o'zbekistonlik dzyudochi ham jahon chempionati medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. 

Avval xabar berganimizdek, bugun terma jamoamiz sportchilari Yaponiyaning Maydzuru shahrida tashkil etilgan bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlashdi. 

- Mashg'ulotimiz reja asosida, ko'tarinki kayfiyatda o'tdi, - deydi biz bilan suhbatda terma jamoamizning etakchi vakili SHarofiddin Lutfullaev. - Menimcha, jahon chempionatiga ortiqcha tarif berish shart bo'lmasa kerak. Fikrimni musobaqaga kelayotgan ishtirokchi davlatlar soni ham tasdiqlaydi. Har bir vaznda kurash keskin kechadi. Bunga shubha yo'q. Bizning -60 kg vazn ham bundan mustasno emas. Juda kuchli raqiblar jam bo'lgan. Tabiiyki, tayyorgarligimiz ham shunga yarasha bo'ldi.

 

SHarofiddin Lutfullaev aytganidek, har bir vaznda kuchli raqobat bo'ladi. -66 va -73 kg vazn toifalarida 92 nafardan dzyudochi ro'yxatdan o'tgan. SHarofiddinning vaznida esa 75 sportchi jahon chempionati medallari uchun kurashadi. Lutfullaev ettinchi raqam ostida saralangan. Rossiyalik Robert Mshvidobadze vazn peshqadami. Undan keyingi o'rinlarni yaponiyalik Naoxisa Takato, gruziyalik Amiran Papinashvili, yana bir Kunchiqar yurt vakili Ryuju Nagayama, qozog'istonlik Eldos Smetov hamda mo'g'ulistonlik Amartuvshin Dashdavaa band etgan. 

Umid qilamizki, o'zbekistonlik dzyudochilar orasida eng yuqori reyting o'rniga ega bo'lib turgan SHarofiddin Lutfullaev jahon chempionatida o'zining nimalarga qodir ekanligini ko'rsatadi. Ko'z tegmasin, uning hozirgi sport formasi shoxsupaga ko'tarilishi uchun zamin hozirlaydi.    

Reyting:    

Fikrlar

+1   
22 avg 20:03:26
Aziz
.Sherzod. foydalanuvchining fikriga javob berish
Qachon boshlanishini yozvorilar, qurayam tashlangan bosa kere
25-31 август кунлари бўлади
   
22 avg 19:47:48
.Sherzod.
Qachon boshlanishini yozvorilar, qurayam tashlangan bosa kere
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing