So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

05 mar 16:02
Yangiliklar

Boks/MMA

SHavkat Mirziyoev Bahodir Jalolov maktabini borib ko'rdi (FOTO)

Prezident SHavkat Mirziyoev 5 mart kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Boks bo'yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib ko'rdi.

Olimpiada va Osiyo o'yinlari g'olibi, ikki karra jahon va uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov O'zbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Yurtimizda bunday chempionlar faoliyatini targ'ib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 14 martdagi qaroriga muvofiq, shunday yana bir maskan – Boks bo'yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi.

Bu erda xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash, buning uchun yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, o'quv-mashg'ulotlarni xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish hamda ilg'or tajribalar asosida uning sifatini oshirib borish yo'lga qo'yilmoqda.

To'rt qavatli zamonaviy binoda buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavatda asosiy sport zali, suzish havzasi, tibbiyot xonasi va oshxona bor. Ikkinchi qavatda psixologiya, xorijiy tillar, nazariy mashg'ulotlar, informatika va o'qituvchilar xonalari, shuningdek, 45 o'rinli mehmonxona joylashgan. Uchinchi va to'rtinchi qavatlarda 235 o'rinli yotoqxona, manaviyat xonasi tashkil etilgan. SHuningdek, bino erto'lasida avtoturargoh qurilgan.

Boks maktabi 175 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, 5-11-sinflarga har yili 25 nafardan o'quvchi saralab olinadi. Ilk iqtidorlar 2022 yilgi o'quv yilida qabul qilingan va bugungi kunda 50 nafar o'quvchi saboq olmoqda. Ular butun mamlakatimizdan kelgan talabgorlar orasidan saralab olingan.

Bu maskan Yunusobod tumanidagi 259-umumtalim maktabi bilan yonma-yon joylashgan. Yosh bokschilar umumtalim fanlarini shu erda o'qishadi.

Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi o'quvchilari 2023 yilda xalqaro va respublika musobaqalarida 26 ta oltin, 18 ta kumush, 15 ta bronza medalni qo'lga kiritgan. Bu yil ham qator turnirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

Maktab butun mamlakatimiz yosh bokschilari uchun o'quv-mashg'ulot bazasi bo'ladi. Yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash bo'yicha boshqa sport maktablari va markazlari bilan hamkorlik qilib boradi.

SHu bois maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot bo'ldi. Muloqotga videoaloqa orqali hududlar ham ulandi.

– Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili, deb elon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida etibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks bo'yicha dunyoda etakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi o'z yo'nalishida  xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo'ladi. Boks metodologiyasi, dietologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi, – dedi SHavkat Mirziyoev.  

Viloyat hokimlariga sport federaciyalari bilan hamkorlikni yaxshilash, hududlarda ularning ishiga ko'maklashish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Yoshlar o'rtasida sportni yanada ommalashtirish, xususan, ularni boksga jalb etish, buning uchun maktab va to'garaklarda sharoitlarni kengaytirish zarurligi takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing