So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

04 may 15:58
Yangiliklar

Boks/MMA, Gimnastika, Futbol

SHavkat Mirziyoev Namangandagi yig'ilishda: "Yana Odil Ahmedov, Murodjon Ahmadaliev va Oksana CHusovitina singari sportchilar tarbiyalab chiqarishimiz kerak"

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Davlatimiz rahbari o'z maruzasi davomida “Obod qishloq” dasturi bo'yicha amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib, qishloq va mahallalarda qurilish va obodonlashtirish harakatlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa yoshlar  o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga etibor zarurligini takidladi.

- Qishloq va mahallalarda bolalar sportini kuchaytirish zarur, chunki farzandlarimiz bog'chadan boshlab sportga mehr qo'ysa, sportni ommaviyligini oshirish va selekciya ishlari kuchayadi. Namangandan Odil Ahmedov va Murodjon Ahmadaliev singari taniqli sportchilar etishib chiqqan. Yosh bolalardan: “Kim bo'lasan?” deb so'rasangiz, “Men Odil Ahmedov, men Murodjon Ahmadaliev bo'laman!” deb javob beradi.  Oksana CHusovitina esa Ginnes kitobiga kiritilgan, uni butun dunyo taniydi. Yana shunday sportchilarni tarbiyalab chiqarishimiz kerak, - dedi prezident.

Darhaqiqat, viloyatda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishga etibor kuchaymoqda. Yangi sport inshootlari va maydonlari qurilib, foydlaanishga topshirilmoqda. Sport turlari bo'yicha Namangan viloyatida o'tkazilayotgan mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalar soni ko'paymoqda. Velotrek, gandbol, engil atletika, muaytay ustalari so'ngngi haftalar mobaynida “gullar shahri” deb nom olgan shaharda to'planib, chempionlarni aniqlashgani fikrimizni tasdiqlaydi.

SHu haftada Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov CHust tumanida stol tennisi bo'yicha tashkil etilgan o'quv-mashq yig'inlari, suv polosi bo'yicha Namangan shahrida o'tkazilgan mamlakat chempionatini bevosita kuzatib, sportchilar va muxlislarga yaratilgan shart-sharoitlar, hal qilinishi zarur bo'lgan masalalar xususida viloyat sporti mutasaddilari bilan atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing