So’nggi yangiliklar

10:28Пара велоспорт тарихида илк бор: Ўзбекистон жаҳон чемпионатида 2 та олтин медаль қўлга киритди! 0 09:57Бензема Саудия Арабистони чемпионати туфайли фаолиятини якунлаши мумкин 0 09:26Москвадаги RAF турнирининг барча натижалари: Чимаев ва Садуллаевда ғалаба. Шара Буллетда-чи? 0 08:55Нурсултон Рўзибоев октагонга чиққан UFC турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:24Александр Усик қачон расмий футбол ўйинида дебют қилиши ҳақида саволга жавоб берди 0 07:30Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" "Ал Насср"ни мағлуб этди 0 02:50UFC Paris: Асосий кард жангларининг барча натижалари бир саҳифада 0 02:39Кутилганидек ўтмаган ва Рўзибоевнинг ғалабали серияси барҳам топган жангдан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:16Нурсултон Рўзибоев Майкл Пейжга имкониятни бой берди 0 23:20Турнир давомида икки жанги бекор бўлиб кетган, "Тайсон" ва Асадбек Саидов учун омадсиз ўтган Octagon 91 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:16Octagon 91: Асадбек Саидовнинг Саят Абдуалига қарши чемпионлик жанги якунланди 0 22:54Жасурбек "Тайсон"нинг жанги биринчи раунддаёқ якунланди, бироқ кутилмаган натижа билан! 0 22:33Ҳумоюн Тўхтамуродовга қарши жанг қилиши кутилган Фазлиддин Мадраҳимов Тошкентда тўлиқ жанг ўтказди 0 21:36Ислом Болтаев Тошкентда жанг қилди 0 19:38Богдан Гусков: "Нурсултон менинг дўстим бўлса ҳам, жангни имкон қадар холис таҳлил қилдим" 0

25 noy 23:12
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

SHavkat Mirziyoev - O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, Otabek Umarov esa 1-vice prezident!

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining navbatdagi 41-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vice-prezidenti Otabek Umarov, Bosh Assambleya azolari, shuningdek, federaciya va associaciyalarning masullari ishtirok etishdi. Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatining tarkibi qayta shakllantirib olindi.

Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi va MOQ nizomiga asosan har bir Olimpiya ciklida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining rahbariyati tarkibi qayta shakllantirib olinishi haqida alohida to'xtalib o'tdi. Qayd etish joiz, Prezidentimiz 2022 yil 23 may kuni Sport vaziri Adham Ikramovga O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha topshiriq bergan edilar. SHu bois, Adham Ilhamovich Bosh Assambleya avvalida ortda qolgan Olimpiya ciklida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Tadbirda so'z olgan Bosh vazir qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida to'xtalar ekan, to'liq foydalanilmagan imkoniyatlar, kutilgan natijani qayd etmagan federaciyalar xususida tanqidiy fikr bildirdi.

SHundan so'ng kun tartibidagi boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Dastavval, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga yangi rahbar saylandi. Abdulla Nigmatovich ushbu lavozim uchun nomzod haqida to'xtalar ekan, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish lozimligi, mamlakatimizning ko'p ming sonli olimpiya oilasi, sportchi va murabbiylarning iltimosini inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev SHavkat Miromonovich nomzodini ilgari surdi. Nomzod barcha delegatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi va SH.M.Mirziyoev O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining raisi etib saylandi.

SHuningdek, Qo'mita raisining o'rinbosarlari tarkibi ham shakllantirib olindi. Unga muvofiq, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o'rinbosari, Oybek Kasimov Bosh kotib va SHerzod Tashmatov rais o'rinbosari lavozimiga saylanishdi. Tadbir davomida Qo'mitaning yangilangan ustavi ham tasdiqlab odindi. SHuning bilan, MOQning 41-Bosh Assambleyasi o'z ishini yakunladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing