So’nggi yangiliklar

19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

18 sen 10:50
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, Boshqalar, Tadbirlar, SHaxmat, Tokio-2020

SHavkat Mirziyoev Yopiq inshootlarda va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli xalqaro sport anjumanini yuksak saviyada o'tkazish uchun Turkmaniston poytaxtida puxta tayyorgarlik ko'rilgan. Olimpiya shaharchasida ishtirokchi davlatlar delegaciyalari, murabbiy va sportchilarning yashashi, musobaqaga tayyorlanishi, mashg'ulotlar o'tkazishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Davlatimiz rahbari Ashxobod Olimpiya stadioniga tashrif buyurdi. 45 ming tomoshabinga mo'ljallangan muhtasham inshootga ko'plab mamlakatlardan kelgan davlat va hukumat rahbarlari, Osiyo olimpiya kengashi rahbariyati, faxriy mehmonlar, minglab sport ishqibozlari to'plandi.

Ashxobod Olimpiya stadionida Yopiq inshootlarda va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlandi. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Osiyo o'yinlarini rasman ochiq, deb elon qildi.

Osiyo olimpiya kengashi prezidenti SHayx Ahmad al-Fahad as-Saboh barchani ushbu sport bayrami bilan qutladi.

Osiyo o'yinlari madhiyasi yangrab, Osiyo Olimpiya kengashining bayrog'i ko'tarildi. O'yinlar mashalasi yoqildi.

...Yopiq inshootlarda va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlarida 60 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etmoqda. Ananaga muvofiq, stadionga ishtirokchi davlatlar sport delegaciyalari kirib keladi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini baland tutgan sportchimiz – og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Ulug'bek Alimov va O'zbekiston delegaciyasini muxlislar olqishlar bilan kutib oldi.

Delegaciya tarkibida 189 sportchi – jahon va qita chempionatlari, turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan tajribali sportchilarimiz bilan birga, yosh iqtidor egalari sportning 20 turi bo'yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Mamlakatimiz bu kabi yirik xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishga qodir sportchilarni tayyorlash borasida boy tajriba to'plagan. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz tomonidan asos solingan va muntazam o'tkazib kelinayotgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o'yinlari yosh avlodni jismonan sog'lom, manan etuk insonlar etib tarbiyalash barobarida ular orasidan xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir istedodlarni saralab olishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sportchilarimizning Ashxobodda o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rishida davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashga oid qarori muhim omil bo'ldi.

Yopiq inshootlarda va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizga omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing