05 iyu 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov CHimaevni keskin tanqid qildi
Qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov matbuot anjumanida Xamzat CHimaev bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Havotir olmang, undan har tomonlama kuchliman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Xamzat bilan besh raundlik chempionlik jangi o'tkazmoqchiman. Menga bu qiziq. CHimaev oddiy raqib, yaxshi jangchi. Xamzatni engilmas deya olmayman. U muxlislarni jalb qila oladi, bu esa ularga yoqadi.
Engilmas jangchining o'zi yo'q, uni mag'lub etish mumkin. Byorns bilan bo'lgan jangni ko'rdingiz, u zarba o'tkazmasligini aytgandi. Lekin barcha uni zarba o'tkazganiga guvoh bo'ldi", — dedi Rahmonov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar