01 fev 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov jarohat sabab 2026 yilni butunlay o'tkazib yuborishi mumkin
UFC eksperti Ariel Xelvani X ijtimoiy tarmog'ida Qozog'iston vakili SHavkat Rahmonov jarohat sabab 9-10 oyga safdan chiqqanini aytdi.
Xelvani sportchining menejerlariga tayanib yozishicha, Rahmonov yana tizzasini jarohatlagan va yaqinda operaciya qildirgan.
Avvalroq Rahmonov Naiza FC turnirida qo'ltiqtayoq va tizza bandaji bilan ko'ringan edi.
SHavkat bir yildan ortiq vaqtdan beri UFC’da jang qilgani yo'q. U so'nggi jangini 2024 yil dekabr oyidagi UFC 310 turnirida irlandiyalik Ian Garriga qarshi o'tkazgan edi. Besh raund davom etgan jangda Rahmonov bir ovozdan g'alaba qozongan va bu uning faoliyatidagi 19-g'alabasi bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar