25 sen 14:10
Yangiliklar

SHavkat Rahmonov UFC bosslaridan jang so'radi
Birinchisi - engilmas qozog'istonlik yarimo'rta vazn toifasi vakili joriy yilda oktagonga qaytmaydi. Ikkinchisi - u tashkilotdan kelasi yilning boshida jang qilishni so'radi. Bu haqda "Nomad"ning jamoadoshi Fanil Rafikov Namys Fighting podkastida malum qildi.
"SHavkat kelasi yil boshida jang qilishni so'radi va hozir raqibini kutmoqda. O'ylaymanki, uning qaytishiga qadar diviziondagi ko'plab o'rinlar o'zgaradi. Balki chempion o'zgarar, etakchilar o'zgarar. CHunki noyabr oyidayoq Prates-Edvards jangi elon qilingan, Bredi esa raqib izlamoqda. Hozircha bu eng qiziqarli divizionlardan biri va bu tarixni tomosha qilish juda ham qiziq bo'ladi. SHavkatni tezroq oktagonda ko'rishni istardim va katta ehtimol bilan biz Belal Muhammad bilan jangni ko'ramiz", - dedi Rafikov.
Malumot uchun, 30 yoshli SHavkat Rahmonov so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazgandi. O'shanda u hakamlarning yakdil qarori bilan Ien Machado Garrini mag'lub etgandi.
Fikrlar