So’nggi yangiliklar

17:52He we go! "Ман Сити" ёздаги илк трансферини ҳал қилди 0 17:35Богдан Гусков Никита Криловни қандай мағлуб этмоқчи эканлигини айтди 0 17:22Кубалик яна бир мураббий Ўзбекистон бокс терма жамоасида фаолият олиб боради 0 17:07Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/2 финалида ўйнайди 0 16:46Нурсултон Рўзибоевнинг кейинги рақиби ким экани аниқ, бу Бо Никал эмас — инсайдер 0 16:25Бугун Франция - Ўзбекистон ОТЖ ўйини бор 0 16:04Бутунжаҳон велоспорт куни Тошкентда байрамона руҳда ўтди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:43"Улар сени ўйламайди". UFC афсонаси Алекс Перейрага маслаҳат берди 0 15:22Кроуфорд Пакьяо — Барриос жанги учун ўз тахминини айтди 0 15:01Ўзбекистон терма жамоаси Дубайдан Абу-Дабига йўл олди (ФОТО) 0 14:40Двалишвили: "О’Мэлли учун бу — ҳаммаси ёки ҳеч нарса" 0 14:19Мэнни Пакьяо: "Сиёсат ҳақида ўйлаяпманми?" 0 13:58"Ролан Гаррос". Ига Свёнтек Элина Свитолинадан устун келди 0 13:37Goal "Олтин тўп"ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч футболчиси илк бор Топ-10`да 0 13:16Арман Царукян: "Махачев яримўрта вазнда ҳам чемпион бўлади, чунки..." 0

13 apr 14:19
Yangiliklar

SHaxmat, Fotogalereya

SHaxmat. Georgiy Azamov xotira turnirining g'olib va sovrindorlari malum bo'ldi + FOTOGALEREYA

5-12 aprel kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o'zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XVI xalqaro shaxmat turniri bo'lib o'tdi.

Mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollari bo'lgan xalqaro turnirda 10 ta tur o'ynaldi. Reyting natijalariga qarab ikki – “A” va “B” guruhlariga bo'lingan 250 nafarga yaqin shaxmatchi o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Bugun esa turnirning g'olib va sovrindorlari elon qilindi. 

Xalqaro shaxmat federaciyasi nomidan ishtirok etayotgan Volodar Murzin turnir g'olibi, deb elon qilindi.  Unga medal hamda 5 ming AQSH dollari nasib etdi. 2-o'rin ozarboyjonlik Vugar Rasulov bo'ldi. Hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov 3-o'rin bilan kifoyalandi.

Ayollar o'rtasida esa Nilufar Yoqubboevaga teng keladigani topilmadi. Keyingi o'rinlarni esa Afruza Hamdamova va Saltanat Muratova egalladi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan pul mukofotlari, medallar bilan taqdirlandi.


Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov, olamsport.com fotomuxbiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing