So’nggi yangiliklar

09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0

14 fev 13:42
Yangiliklar

SHaxmat

“SHaxmat karvoni”: umumtalim maktablariga 150 mingta shaxmat jihozlari to'plami etkazib beriladi

Teglar :  SHaxmat
Mamlakatimizdagi mavjud maktablarga “SHaxmat karvoni” loyihasi doirasida 150 mingta shaxmat jihozlari to'plami etkazib berilishi nazarda tutilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida bolalar va o'smirlarning shaxmatga qiziqishlarini oshirish, talim muassasalari o'quvchilarini ushbu sport turiga doimiy jalb qilib borish bo'yicha qator vazifalar belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taminlash maqsadida belgilangan reja asosida Maktabgacha va maktab talimi vazirligi va O'zbekiston shaxmat federaciyasi hamkorligida mamlakatimizdagi mavjud maktablarga “SHaxmat karvoni” loyihasi doirasida 150 mingta shaxmat jihozlari to'plami etkazib berilishi nazarda tutilgan.

– Mamlakatimizda yoshlarning har jihatdan etuk, salohiyatli bo'lib voyaga etishiga alohida etibor qaratilmoqda. Birgina shaxmat yo'nalishidagi natijalarimiz vatanimizning oltin avlodi bo'lgan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, SHamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov, Afruza Hamdamova singari yosh shaxmatchilarimizning ko'rsatkichlarida namoyon bo'lmoqda. “SHaxmat karvoni” yo'lga qo'yilgani boshlangan yilning katta niyatlar, orzular sari tashlangan muhim qadami bo'ldi. SHaxmat ming-minglab navqiron avlod vakillarida tafakkur qilish imkoniyatlarini oshiradi. Ularning ko'pchiligi yorqin shaxmat yulduzlari darajasiga ko'tarilmas, lekin shaxmat fikri teran insonlar safini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli, – deydi O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining o'rinbosari Komil Sindorov.

SHu kunlarda “SHaxmat karvoni” dasturi doirasida Toshkent shahri va viloyatidagi umumtalim maktablari uchun 17 mingta shaxmat jihozlari to'plami etkazib berish tadbirlari o'tkazilmoqda.

“SHaxmat karvoni” loyihasi doirasida poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 287-maktabda tashkil etilgan tadbirda shaxmatga qiziquvchi yoshlar bilan grossmeysterlar ishtirokida mahorat darslari va shaxmat o'yinlari tashkil etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing