So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

25 may 06:01
Yangiliklar

Taekvondo

SHerzod Tashmatov koreyalik taekvondo mutaxassislarini qabul qildi

Janubiy Koreya Geonggi-do taekvondo associaciyasi raisi Kim Kyong Dok boshchiligidagi delegaciya O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov qarshi oldi. Delegatlar tashrif davomida o'zbek sportining boy tarixi bilan yaqindan tanishishdi. SHundan so'ng tomonlar o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

“Sizlarni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida ko'rib turganimizdan mamnunmiz. Hurmatli Prezidentimizning etiborlari bilan mamlakatimizda har bir sport turi qatori taekvondo ham jadal rivojlanib bormoqda. Bunda koreyalik taekvondo mutaxassislarining xizmatlarini alohida tilga olmoqchimiz. Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz uchun ushbu sport turidagi ilk oltin medalni taqdim qilishimizda ularning mehnati katta bo'lgan. Kecha davlatimiz rahbari sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash mavzusida videoselektor yig'ilishini o'tkazdilar. Taekvondoni yurtimizda yanada rivojlantirish borasidagi rejalarimiz bilan Prezidentimiz bergan topshiriqlar ijrosini taminlaymiz”, – dedi SHerzod Tashmatov.

O'z navbatida, mehmonlar ham yurtimizda taekvondo rivoji yangi bosqichga chiqayotganini alohida takidladilar.

“Tashrifim davomida O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va bir qancha hududlarda bo'ldim. Bu mamlakat menda juda iliq taassurot qoldirdi va O'zbekistondan ketishni istamayapman. Davlatingiz boy sport tarixiga ega. Tokio-2020 Olimpiadasida o'zbekistonlik taekvondochining ilk bor oltin medalni qo'lga kiritgani meni xursand qilgan edi. Milliy terma jamoa vakillarining mashg'ulotini kuzatganimda O'zbekistondan kelajakda ham ko'plab chempionlar etishib chiqishiga amin bo'ldim. Taekvondo sportida bunday iqtidorli kadrlar ko'p bo'lgan mamlakatingiz bilan har tomonlama hamkorlik qilish biz uchun yoqimli”, – dedi janob Kim Kyong Dok.

Xorijlik mutaxassis O'zbekiston taekvondo WT associaciyasining faoliyati Koreya Respublikasi taekvondo associaciyasi bilan o'xshashligi, terma jamoamiz vakillarini Parij-2024 va Los-Anjeles-2028 Olimpiya o'yinlariga tayyorlashda o'zaro hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini alohida urg'uladi.

Suhbatda hamkorlik doirasida o'zbekistonlik trener va hakamlarning malakasini oshirish uchun ularni Koreya Respublikasiga yuborish, sport tibbiyoti, farmakologiya, dietalogiya yo'nalishlarida erishilgan so'nggi muvaffaqiyatlar bo'yicha o'zaro tajriba almashish mavzularida fikr bildirildi.

Yig'ilish yakunida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov mehmonlar bilan uchrashib, ularning Qo'mitamizga qilgan tashrifidan mamnun ekanini, kelgusida chuqur hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishdan xursand bo'lishini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
25 may 10:45:30
Vista 1981
Shu Sherzod Toshmatovni futbol federatsiyamizga raxbar qilib qòyish kerakda, kòz tegmasinku shu inson qaysi sport turiga raxbar bòlsa albatta usha sport turi rivojlanib jaxon va olimpiada chempionlari chiqyabdi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing