So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

16 noy 17:12
Yangiliklar

Taekvondo, Boshqalar

SHerzod Tashmatov MOQ raisi o'rinbosari etib saylandi + FOTO

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida tashkilotning Bosh assambleyasi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida bir qator masalalar ko'rib chiqildi. 

Unga ko'ra, bundan buyon MOQ prezidenti MOQ raisi, vice-prezidentlar rais o'rinbosari sifatida qayd etiladi. 

Bundan tashqari yig'ilish davomida qilingan ishlar tahlil qilindi, oldinda Tokio 2020 Olimpiadasi uchun bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilandi. 

SHundan so'ng tashkilot raisiga yangi o'rinbosar saylash uchun SHerzod Tashmatov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, SHerzod Rixsibaevich Tashmatov MOQ raisi o'rinbosari etib saylandi. 

Malumot uchun, SHerzod Tashmatov uzoq yillardan buyon sport sohasi rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. U kishi o'z vaqtida O'zbekiston boks federaciyasi birinchi vice-prezidenti sifatida ham ko'plab yutuqlarga erishgan. Hususan, Rio Olimpiadasida bokschilarimizning muvaffaqiyati ham ushbu inson bilan bog'liq. O'shanda charm qo'lqop ustalari Olimpiadada 7 ta medalga ega chiqqandilar. SHundan so'ng Osiyo chempionati, Osiyo o'yinlarida ham bokschilarimiz muvaffaqiyat qozonishgan.

SH. Tashmatov bugungi kunda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasidan tashqari, O'zbekiston MMA associaciyasida ham rais o'rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing