So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

29 okt 12:49
Yangiliklar

Taekvondo

SHerzod Tashmatov murabbiylar shtabi bilan yangi rejalarni muhokama qildi

MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov yangi mavsum rejalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

Unda Pavel Xan boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

2022 yil barcha sport turlari qatori taekvondochilarimizni ham katta sinov kutib turibdi. Suhbatda oldinda turgan Osiyo o'yinlari, jahon chempionati, Gran-pri va boshqa nufuzdagi musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish, terma jamoaning asosiy tarkibini saralash kabi masalalarga etibor qaratildi.

Ayni paytda terma jamoamiz vakillari Qozog'iston va Rossiyadan kelgan taekvondochilar bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda. Yig'ilishda murabbiylar yaqin oylar davomida turli yosh toifalarida o'tkaziladigan mamlakat chempionati orqali asosiy va yoshlar jamoasi, ularga kuchli sparring raqib bo'la oladigan 2-tarkib vakillarini saralab olish ko'zda tutilayotganini takidlab o'tishdi.

O'z navbatida, SHerzod Tashmatov kelgusi yil uchun tuzilgan mahalliy va xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari, terma jamoamiz vakillari ishtirok etadigan xalqaro turnirlar bo'yicha murabbiylar bilan fikrlashib, tegishli ko'rsatmalarni berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing