08 apr 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevazuckiy: "Menga jangga atigi 5 kun vaqt qolganida shartnoma yuborishdi"
Super og'ir vazn toifasida ukrainalik professional bokschi Igor SHevazuckiy so'nggi jangi bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U 5 aprel kuni Astana shahrida (Qozog'iston) bo'lib o'tgan boks oqshomi doirasida o'zbekistonlik Bahodir Jalolovga ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lgandi.
"Menga jangga atigi 5 kun qolganida shartnoma yuborishdi. Bu jang uchun mashg'ulot qila olmadim. Astanaga esa jangga bir kun qolganida etib keldim. Lekin men bu erga yutqazish uchun kelmagandim. Dunyodagi eng yaxshi og'ir vaznli bokschilardan biriga qarshi ringga chiqish men uchun katta sharaf. Jamoamga, Bahodir Jalolovga va Qozog'istondagi muxlislarga katta rahmat aytaman!", dedi Igor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar