06 may 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko Amanda Nunesga qarshi uchinchi marta jang qilmoqchi
UFC chempioni Valentina SHevchenko ikki vazn chempioni Amanda Nunesga qarshi uchinchi marta jang qilishiga ishonmoqda.
"Men bu jangning o'tkazilishiga ishonaman. Barchasi vaqti bilan... bizning uchinchi jangimiz bo'ladi. Men hech kimni menga qarshi jang qilishga majbur qilmayman. Biroq Amandaga qarshi uchinchi jangimiz qachonlardir amalga oshadi", - dedi Valentina.
Eslatib o'tamiz, Valentina va Amanda o'zaro ikki bor jang qilishgan va har ikkisida ham braziliyalik chempion g'alabani qo'lga kiritgan. Biroq ikkinchi jangda ko'pchilik muxlis va mutaxassislarning fikricha, Valentina g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar