So’nggi yangiliklar

17:05"Манчестер Юнайтед" 25 ёшли вингерни 70 млн еврога сотиб олишга тайёр 0 16:44Кроуфорд нима учун Канелонинг ғалабасига ишонмаслигини айтди 0 16:23Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги рақиблари маълум 0 16:02Таэквондочиларимиз халқаро ўқув-машғулот йиғинига киришди 0 15:41"Трент "Реал"га ўтади" — Фабрицио Романо 0 15:20Уордли янгиланган WBA рейтингида пешқадамликни сақлаб қолди, Хантер ва Итаума кучли учликда 0 14:59Жаҳон чемпионатининг сўнгги кунида икки ёш оғир атлетикачимизга мухлислик қиламиз 0 14:38Наоя Иноуэ: " У билан 2026 йилнинг баҳорида жанг қилишим мумкин" 0 14:17Шомуродов Довбик ҳақида фикр билдирди 0 13:56Билол Муҳаммад нима учун Хамзат Чимаевга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 13:35Аёллар кураши бўйича Ўзбекистон кубогида ғолиб ва совриндорлар номи аниқланди 0 13:14Кроуфорд: "Цзю билан жанг қилмоқчи эдим" 0 12:53Эксперт ҳакамлар комиссияси: Ҳакамлар "Навбаҳор" ва "Андижон" дарвозаларига хато пенальти белгилашган 0 12:32Sofascore. Кечаги ўйинда ассист қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 12:11Майами Гран-приси. Пиастри бу сафар ҳам ғолиб, Рассел кучли учликда 0

07 noy 10:31
Yangiliklar

Boks/MMA

SHijoatning depsingan pallasida

Teglar :  BoksAsadbek Hakimov
Dunyo mamlakatlari orasida sportning boks turi eng ommalashgan sport turlaridan sanaladi.

Mamlakatimizda ham ushbu sport turiga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Ommaviyligi jihatdan esa ko'pgina sport turlarini ortda qoldiradi. Hatto, jahon boks olamida natijadorlik jihatdan etakchilardan ekanimiz ham quvonarli. SHu bois bugun ko'pchilik yoshlarimiz boksga shaydo.

Biz hikoya qilmoqchi bo'lgan sahifamiz qaxramoni Asadbek Hakimov ham boksga oshno bolalardan. 

2006 yili Namangan viloyatining Pop tumanida tug'ilgan Asadbek Hakimov tuman markazidagi 37-sonli umumiy o'rta talim maktabiga ilk qadam qo'ygan yildayoq boksga qiziqa boshladi. Dastlab otasi Bozorboy akaning biroz qistovi bilan, keyinchalik esa o'zining ishtiyoqi ortib, charmqo'lqop kiyishga, boks usullarini o'zlashtirishga sidqidildan kirishadi. 

Pop tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida boks bo'yicha murabbiylari Akbarjon Talabov va Farrux Turdialievning qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r bergan Asadbekning sekin-asta istedodi ko'rina boshlaydi. 

To'g'rida, otasi – tadbirkor Bozorboy aka ham bir paytlari boks zaliga qatnab, mahoratini oshirgani, bir muncha bellashuvlarda ishtirok etib, g'oliblikni tantana qilgani – istedodning otadan bolaga o'tganida, desak yanglish bo'lmas.

Darvoqe, 2014 yilda tug'ilgan akasi Elbek ham sportga befarq emas. U dzyudo bo'yicha muntazam mashg'ulotlarga qatnab, musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Oilada kenja o'g'il bo'lgan Asadbek tez orada ota-onasi va ustozlari ishonchini oqlay boshlaydi. Boks bo'yicha berilgan ko'rsatmalarni soatlab bajarishga va yakka tartibda ringda mustaqil ishlashga o'tdi. Tinimsiz mehnat esa irodaning mustahkam bo'lishiga, boksga bo'lgan chin oshiqlikka sabab bo'ldi.

Endi mashg'ulotlarda toblanib, anchayin ko'nikma hosil qilgan Asadbekka murabbiylar bellashuvlarda ishtirok etishga ruxsat bera boshladi. Sakkiz yoshida tumandagi musobaqada ringga ko'tarilgan yosh sportchi raqiblari deyarli osongina mag'lub etib, shohsupaga ko'tariladi. Ilk bor ko'ksiga medal taqqan Asadbekda shijoat yanayam yuksalib, bir olam orzu-istaklarni diliga tugadi. 

SHu orzulari sari shiddat bilan qadam tashlab, mashg'ulotlarda faolligi yanada oshib boradi. Natijada har yili tuman va viloyat miqyosida o'tadigan musobaqalarda etakchilar qatoridan joy ola boshlaydi. 2018-2019 yillarda viloyat birinchiliklarida 67 kg. vazn toifasida faqat birinchi o'rinlarni qo'lga kiritib, viloyat terma jamoasi safiga qabul qilinadi. Tengqurlariga nisbatan biroz bo'ychanroq va baquvvat sanalgan Asadbek maktab darsliklariniyam yaxshi o'zlashtirib, o'qituvchilari mehrini qozonishga ulgurdi.

Biroq katta sport sari intilish, yuqorida takidlaganimiz orzu-istak, havas uni 8-sinfga o'tganida CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji tomon etakladi. Joriy yil mazkur kollejga hujjatlarini topshirgan yosh bokschi imtihonlardan ham muvaffaqiyatli o'tib, kollej o'quvchisiga aylandi.

Bilasiz, Ikrom Berdiev, Alisher Rahimov, Siroj Naimov, Rustam Saidov, Elnur Abduraimov, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov, Murodjon Ahmadaliev, Dilshod Ro'zmatov, SHunqor Abdurasulov, Qudratilla Abduqahhorov kabi o'nlab sportchilar ushbu kollejning boks bo'limida tarbiyalanib, mahoratini oshirgan va xalqaro musobaqalarda, hatto olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyat qozonib, vatanimiz shanini ulug'lab kelmoqda. 

Mamlakatimiz bayrog'ini xalqaro maydonlarda baland hilpiratayotgan ushbu nomdor sportchilarga havasi ortgan Asadbek kollejning boks bo'limida faoliyat ko'rsatayotgan, tajribali va jonkuyar murabbiylar Farrux Qilichev (bosh murabbiy), Nodir Ergashev, Alimardon Dostonov, Ikrom Berdiev, Samad Ilyasov, Farrux Meliboev, Arifmuhammad Boydavlatov, Stepan Belov, Rustam Saidovlar qo'l ostida belgilangan rejaga ko'ra o'quv-mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Katta sport sari odimlayotgan, hozirda 67 kg. vaznda musobaqalarga tayyorgarlik ko'rayotgan Asadbekning eng ulug' orzusi yozgi Olimpiadada, jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarni qo'lga kiritishi va yuqorida nomlari keltirilgan vatandoshlari singari Vatanimiz orbo'sini yuksaltirishga hissa qo'shish. 

Asadbek uyidan Toshkentga – CHirchiq OZKga o'qishini davom ettirish uchun ostona hatlab chiqayotganida o'z-o'ziga, ota-onasiga, osmono'par tog'lar qo'ynidagi Popga “Men kelajakda, albatta, boks bo'yicha jahon va olimpiya chempioni bo'laman”, deb vada qilganiyam rost gap!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing