So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

07 noy 12:20
Yangiliklar

Sport kurashlari

SHodiev va Islomov Jahon chempionatining bronza medali uchun kurashadi

Bugun Serbiya davlatining Belgrad shahrida yoshlar (U 23) o'rtasidagi jahon chempionati yakunlanadi.

Jahon chempionatining 92 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rustam SHodiev 1/8 finalda italiyalik Davide Kossuni 10-0 hisobida mag'lub etgan, ammo chorak finalda rossiyalik Azamat Zakuevga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Zakuev finalga yo'l olgani bois, SHodievda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keldi. Buning uchun u avvaliga o'tish bahsida makedoniyalik Stol Eftimovni mag'lub etishi shart. Keyin esa bronza medali uchun kechaligan uchrashuvda yarim finalda mag'lubiyatga uchragan turkiyalik Erxan Yaylachiga qarshi gilamga chiqadi.   

86 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz Bobur Islomovda ham jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyati yuzaga keldi. Uni 1/8 finalda mag'lub etgan ukrainalik Muhammad Aliev finalga etib bordi. Endi Islomov o'tish bellashuvida germaniyalik Lars SHayflega qarshi gilamga chiqadi. G'alaba qozongan taqdirda uni bronza medali uchun bo'lib o'tadigan uchrashuvda rossiyalik Zagid Karimov qarshi oladi. 

CHorak finalga etib kelgan 74 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz Asomiddin Hasanov Xrayar Alixanyanga 0-10 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Lekin arman kurashchisining o'zi ham yarim finalda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va bu bilan Hasanovga bronza uchun kurashish eshiklarini yopdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing