05 fev 10:16
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				SHohasan Mirzamatov avtofalokatdan keyingi holati bo'yicha malumot berdi
O'zbekistonlik MMA jangchisi SHohasan Mirzamatov bir necha kun oldin avtomobilida to'qnashuv sodir etgani haqida xabar berilgan edi.
			Sportchi kecha Instagram tarmog'idagi sahifasi orqali hozirgi holati haqida malumot berdi.
"To'rt-besh kun oldin biroz noxushliklar bo'lgandi. Hozir hammasi yaxshi, Xudoga shukur. Hol-ahvol so'rayotganlarga katta rahmat. Jiddiy jarohat yo'q. Tez orada ko'rishamiz", dedi Mirzamatov.
Uning 23 fevral kuni Olma-Otada tashkil etiladigan Octagon 70 turniri doirasidagi qozog'istonlik Georgiy Kichiginga qarshi chempionlik jangi bekor qilingan.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar